O’zbekiston – Xitoy qo’shma korxonasi hisoblanmish “QUYOSH ISSIQLIK ENERGIYASI” MCHJ 8-iyul 2013-yilda Prezidentimizning 10-noyabr 2011-yildagi 1639-sonli, yuqori tehnologik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish haqidagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.  Korxona quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va o’rnatish bilan shug’ullanadi. 

Bosh ofisimiz Toshkentda joylashgan bo’lib, ishlab chiqarish zavodimiz Jizzaxda joylashgan. Bizning mahsulotimizning mamlakatimizda boshqa analoglari yo’q.

Quyosh suv isitgichlari yuqori tehnologik standartlar asosida yangi uskunalarda ishlab chiqariladi, yuqori sifat va uzoq yil xizmat – 15 yilni tashkil etadi. Korxonamiz quyosh kollektorlarini hamyonbop narxlarda , hamda ishlab chiqaruvchidan uskuna uchun 3 yillik kafolat va servis xizmatini taklif qiladi. 

Zavodning qulay bo’lgan joylashuvi (davlatimiz markazi) quyosh kollektorlarini Respublikamizning istalgan xududiga tez fursatlarda yetkazish va o’rnatishga imkoniyat yaratib beradi. 

Ishlab chiqarish boshlangan vaqtdan boshlab korxonamiz ko’plab davlat va jamoat inshootlari uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqardi va o’rnatdi. Xususan, kottedjlarda, dala hovlilarida, mehmonxonalarda, restoran va kafelarda hamda ishlab chiqarish va qishloq xo’jaliklari obyektlarida quyosh kollektorlarini o’rnatdi. Har qanday holatda ham “QUYOSH ISSIQLIK ENERGIYASI” kompaniyasi tomonidan ishlab chqarilgan yuqori tehnologik mahsulotlar o’rnatilishda va ishlatishda qulayligi bilan  hamda o’zini tezda oqlashi va tejamkorligi bilan o’zini tavsiya eta oldi. 

Korxonamiz jismoniy shaxslar va tashkilotlarga an’anaviy va har doim ham mavjud bo’lavermaydigan asosan, viloyatlarda suv isitish tizimlarini o’rniga gelio-sistemalarga almashtirishni taklif qilmoqda. Ulardan foydalanish mustaqil issiq suv tizimini yo’lga qo’yishni  va to’liq yoki qisman boshqa issiqlik energiyasidan voz kechishga yordam beradi.

“QUYOSH ISSIQLIK ENERGIYASI”  QK uzoq yil ishlashga va O’zbekistonda energiyani ekologik toza bo’lgan quyosh energiyasiga o’zgartirishga mo’ljallangandir.