Uyni isitish tizimi va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik nasoslari
(katta hajmdagi uylarda va biznes markazlarda ishlatiladi)

 

Issiqlik nasosi – muzlatgich usulida ishlaydigan tehnika bo’lib, xladogent sirkulyatsiyasi hisobiga ishlaydi. Ya’ni ko’chadagi issiq havoni uyga yoki boshqa inshootga olib kiradi. Xladogentning o’ta past temperaturada qaynashi hisobiga hatto o’ta sovuq havodan (-25 C) ham issiqlik olish mumkin bo’ladi. Ya’ni sovuq havo ham yanada sovutiladi. Issiqlik nasoslari gruntlik bo’ladi (yer-suv, suv-suv) yoki havo (havo-suv).

 

Ho’sh issiqlik nasoslari nimasi bilan qiziq?

 

Uning eng muhim jihatlaridan biri shuki, nasos ko’chadan issiqlikni yuqori koeffitsientda olib kira oladi. 1 kVt elektroenergiya evaziga, 4 kVt issiqlik energiyasini olish mumkin. Bu ko’rsatkich boshqa har qanday elektr isitgichlarnikidan yuqoriroqdir. Bu degani, to’g’ri ekpluatatsiya qilingan issiqlik nasosi uydagi elektr energiyani katta miqdorda tejash imkoniyatini beradi. issiqlik nasosi fasllar oralig’ida, bahor va kuzda, hamda sovuq ob-havo hukm surgan paytlarda asqotadi. Undan tashqari issiqlik nasoslarini ekspluatatsiya qilish bir muncha oson va oddiy: elektrik moslama avtomatika yordamida osongina boshqariladi, kerak bo’lsa uni internet orqali ham ishlatish mumkin.

 

 

Ko’p qavatli uylar, biznes markazlar va katta obyektlar uchun “havo-suv” issiqlik nasosi

Xarakteristika:

“Havo-suv” issiqlik nasoslari BB-L3 seriyasida, quvvati 45, 90 va 180 kVt bo’lib, isitish tizimida va issiq suv ta’minotida -25C gacha ishlay oladi, qolgan vaqtlarda esa sovutish uchun ishlaydi.

Bunday tizimlar isitish tizimi va issiq suv ta’minotida ko’p qavatli uylarda, maktab va bog’chalarda, klinikalarda, ofislarda, savdo komplekslarida, sanoat korxonalarida va shunga o’xshash obyektlarda foydalaniladi. Issiqlik nasoslari isitish tizimi va suv isitish uchun energiyani katta miqdorda tejashga yordam beradi. nasoslar ixcham, tejamkor, ishlatish oson, ko’p yillar xizmat qiladi va sifatli ishlaydi. Nasoslarni uy tomlarida yoki uyga tegishli bo’lgan yerga o’rnatish mumkin. Nasoslar siz uchun qulay bo’lgan ishlash rejimiga moslab dasturlashtiriladi. Agarda, sizda 3 tarifli elektroenergiya bo’ladigan bo’lsa, nasosni kechasi ishlash uchun dasturlasa bo’ladi, shunda siz elektroenergiya kunduzi sarf qilmasdan turib umumiy miqdorda elektroenergiyadan 60 % gacha tejashingiz mumkin bo’ladi.

QIE -3.8H-B1/P modeldagi issiqlik nasosi issiq pol, isitish tizimi va basseynni isitish tizimi tizimi uchun mo’ljallangan. Suv temperaturasi chiqishda 30-60C oralig’ida nazorat qilinadi. O’rnatish va ishlatish oson. Ishlatish uchun 220V/ 50 Hz lik ulanish kerak bo’ladi. Issiqlik nasosi yuqori potensial energiya manbaalaridan foydalanib binoga 200% dan 500 % gacha bo’lgan past potensialli energiyani yetkazib bera olish qobiliyatiga ega. Bu jarayonda issiqlikni saqlanish qonuni buzilmaydi, chunki jarayon davomida atrof muhitni sovutish ro’y beradi. Nazariy jihatdan issiqlik nasoslari binoni isitishda gazli uskunalardan ko’ra effektivroqdir. Elektrostansiyalardagi zamonaviy parogazoturbinlik o’rnatgichlarning foydali ish koeffitsienti, gazda ishlaydigan uskunalarnikidan biroz pastroq. Elektroenergetikani issiqlik nasoslariga o’tkazadigan bo’lsak, gazli uskunalardan ko’ra 5-6 baravar ko’proq gazning tejab qolinishiga erishish mumkin. Issiqlik nasoslarini o’rnatishni iloji yo’q bo’lgan uy yoki bino mavjud emas. Salkam har qanday binoga o’rnatishni iloji bor. Yer, suv va havo mavjud bo’lgan barcha joyda issiqlik nasoslarini o’rnatish va undan foydalanishning imkoniyati bor. Issiqlik nasoslari sizning uyingizni isitish uchun o’ziga kerakli bo’lgan elementlarni har qanday yerdan topa oladi. Bu uskuna havoning injiqliklaridan, gaz va eletkr tariflaridan, o’tin va yoqilg’idan bog’liq holda ishlamaydi. Issiqlik nasosi isitishdan tashqari sovutish uchun ham qo’llaniladi. Issiqlik nasoslari uydagi havodan issiqlikni tortib tashqarishga chiqarishi mumkin. Bu holatda uy yoki bino soviydi. Yoz kunlari issiqlikni tashqariga chiqarmasdan undan foydalanish ham mumkin. Misol uchun basseynni isitish uchun, yoki biron bir ish uchun issiq suv kerak bo’ladigan bo’lsa, shu maqsad uchun ham sarf qilsa bo’ladi. Issiqlik nasoslari yordamida uyni isitish – ekologik jihatdan maqbul yo’l . Nasosni o’rnatish orqali nafaqat energiya tejaladi balki, uyda yashovchilarning sog’ligiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki nasos hech narsani yoqmagani tufayli havoga hech qanday zararli kimyoviy moddalar ajralmaydi. Issiqlik nasoslaridagi freon azon qatlami uchun va ekologiya uchun umuman bezarar. Issiqlik nasoslari yong’in va portlashga olib bormaydi. Ochiq olov, yoqilg’I, zararli gazlar yoki aralashmalar mavjud emas. Issiqlik nasosi portlashiga olib boradigan hech qanday omil yo’q, undan tashqari zaharlanish ham bo’lmaydi. Nasosning konstruksiyasidagi hech qaysi material yuqori temperatura tufayli qizib yonib ketmaydi. Issiqlik nasosini to’xtatish nasosni buzilishiga va ichidagi suyuqlikni muzlashiga olib kelmaydi. Bir gap bilan aytganda issiqlik nasosinining havfsizlik darajasi muzlatkichniki bilan bir xildir.

  

 

  

 

  

 

  

 

  

 

 

!Barcha rasmlar mahsulot bilan tanishish uchun mo’ljallangan. Har bir mijoz uchun alohida individual dizayn-proyekt ishlab chiqiladi.  Savollaringiz bo’lsa, +99871 200 1888 yoki +99899 867 1888 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. 

 

Basseyn-hovuzlar uchun issiqlik nasosi

Issiqlik nasoslaridan hovuzdagi suvni ham isitish ham sovutish uchun ishlatish mumkin. Foydali ish koeffitsiyentining yuqoriligi sababli nasos o’ta yuqori darajada ishlashi mumkin. Havodagi berkitilgan issiqlik hovuzdagi suvga yo’naltiriladi, shu bilan birga 80 % harajatni tejab qolish mumkin bo’ladi. Titanli issiqlik almashinuvchi boshqa issiqlik almashinuvchilardan sifati va xizmat ko’rsaatishi bilan ajralib turadi. Tuz, yod va xlorli suvga chidamli.

 

Afzalliklari:

O’rnatish va boshqarish oson

Ish rejimi -10C dan boshlab

Uzoq muddat xizmat qiladi

Haroratni avtomatik boshqarish

 

QIE – B10 seriyadagi issiqlik nasoslari 

 

Modeli

QIE 

B10 

3.5 kVt

QIE – B10 5.6 KVT

QIE – B10 7.8 KVT

QIE – B10 9.5 KVT

QIE – B10 12.5 KVT

Ventilyator joylashuvi

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Sovutish uchun kuler

Bor

Bor

Bor

Bor

Bor

Hovuz hajmi, m3

3-10

10-20

20-40

30-50

30-50

Elektr ta’minot

1 faza

1 faza

1 faza

1 faza

1 faza

Nasos quvvati, kvt

3,5

5,6

7,8

9,5

12,5

Quvvat sarfi, kvt

0.62

1.07

1.5

1.8

2.4

 

 

Modeli

QIE – B10  14.0 kVt

QIE – B10 17.0 KVT

QIE – B10-S 21.0 KVT

QIE – B10-S 26.0 KVT

QIE – B10-S 31.0 KVT

Sovutish uchun kuler

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Sovutish uchun kuler

Bor

Bor

Bor

Bor

Bor

Hovuz hajmi, m3

40-70

60-90

70-120

70-120

110-150

Elektr ta’minot

1 faza

1 faza

3 faza

3 faza

3 faza

Nasos quvvati, kvt

14

17

21

26

31

Quvvat sarfi, kvt

2.69

3.27

4.04

5.00

5.96

 

                                                Katta hovuz va basseynlar uchun issiqlik nasoslari

 

Modeli

QIE -45 H-A-S

QIE -50 H-A-S

QIE -90 H-A-S

QIE -135 H-A-S

Ventilyator joylashuvi

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Yon qism

Sovutish uchun kuler

Bor

Bor

Bor

Bor

Hovuz hajmi, m3

140-200

180-220

210-280

270-320

Elektr ta’minot

3 faza

3 faza

3 faza

3 faza

Nasos quvvati, kvt

45

50

90

135

Quvvat sarfi, kvt

8.65

9,6

17.3

25.96