Ko’cha yoritgichlari quyosh panellari orqali qanday ishlaydi ?

 

 So’nggi vaqtlarda gaz va elektr energiyasini narxi ko’tarilgani sababli energiya sarfida tejamkor bo’lish ustuvor   vazifalardan biriga aylandi. Xususiy uy va dala hovlisi bor insonlar uchun ko’cha yoritgichlarida quyosh panellarini   ishlatish ularga energiya tejash imkonini beradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Hovli, bog’ yoki shunga o’xshash uyga yaqin yerlarni yoritish katta harajat talab etadi. Ko’chani yoritadigan lampalardan tashqari u yerga sim yetkazib olib boorish kerak bo’ladi.

-        Quyosh panellarida ishlaydigan lampalar ko’pincha avtonom bo’lib, ularni o’rnatishda alohida sim o’tkazishga to’gri kelmaydi. Kerakli joyga o’rnatiladi va yoqiladi. Boshqa ish yo’q

-        Yoqish va o’chirish avtomatik ravishda ishlaydi. Montaj ishlari ham oson.

-        E’tibor qilish kerak bo’ladigan tomoni faqatgina fotoelementlarni changini artish turishdan iborat

-        Uzoq yil xizmat qiladi – kamida 10 yil.

-        Atrof muhitga bezarar, hamda inson hayoti uchun mutlaqo havfsiz. Sababi, kam kuchlanishda ishlaydi.

-        Agarda bunday yoritgichlarni yozgi dala hovliga o’rnatadigan bo’lsangiz, qishda uni ketishdan oldin terib olish kerak bo’ladi, yozda kelganingizda esa qaytadan o’rnatish oson

 

Quyosh paneli orqali ishlaydigan ko’cha yoritgichlari tuzilishi

 

Ko’cha yoritgichlari har xil ko’rinishda bo’lishi turli ko’rinishda montaj qilinishi mumkin, ammo tuzilishi bir xil bo’ladi.

-        Quyosh paneli. Bu moslama quyosh energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradi. qayerga o’rnatish unchalik muhim emas, ammo panel tepaga yo’nalgan bo’ladi, quyosh nurlarini tutib olishi uchun

-        Akkumulyator. Akkumulyatorda Kunduz kuni elektr energiyasi to’planadi.

-        Yorituvchi blok. Bu oddiy korpus, svetodiodli lampa va plafon.

-        kontroller – energiyani uzatish yoki uzish uchun ishlatiladi.

-        Montaj uchun qotirgich

 

Ishlash tartibi tushunib turganingizdek oddiy, kunduzi quyosh nurlaridan panel energiyani yig’Ib akkumulyatorga uzatadi, akkumulyator esa bu energiyani yig’adi. G’ira shira qorong’u bo’lishi bilan lampa o’zi yonadi. Shu tariqa, saharda quyosh nurlari chiqishni boshlagach avtomatik ravishda lampa o’chadi.

 

Yoritgichni qanaqasini tanlash kerak?

 

 

Bozorlarda svetodiodli har hil yoritgichlar mavjud. Ularning narxi ham turli tuman. Ba’zida ikki hil lampa bir xildek ko’rinishi mumkin, ammo narxidagi farq katta bo’ladi. Nima sababdan shunday? Qanday lampa tanlash ma’qulroq? Barchasi tehnik parametrlarga bog’liq.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Quvvati 

 

Yoritgich tanlayotganda qancha miqdorda yoritishiga e’tibor berish kerak. Bu tanlov bizga qancha lampa kerakligini va ularni qanday masofada o’rnatish mumkinligi haqida

 ma’lumotni beradi. Tehnik parametrlarda ko’pincha yorug’lik kuchi vattlarda beriladi, svetodiod lampalarda esa bu unchalik ham muhim emas.

Yorug’lik quvvatini bilish uchun oddiy lampa bilan taqqoslab ko’rish kerak bo’ladi. Bu ko’rsatkichni Lm (lyum)ga o’tkazish kerak (lyum – yorug’lik tarqatish o’lchovi). Shu tariqa qaysi lampa bizga effektivroq ekanligi ma’lum bo’ladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Quyosh batareyalik fonarning ishlash prinsipi

 

Oddiy inson hayotiga kosmik tehnologiyalari ham jadallik bilan kirib kelmoqda. Eng boshida quyosh batareyalarining hajmi juda katta bo’lgan bo’lsa, hozirda ular anchagina kichrayib, qulay ko’rinishga keldi.

 

Bu esa, bizga quyosh nurlarini o’zida yig’ib keyin ishlatsa bo’ladigan ko’plab turdagi fonarlardan foydalanish imkoniyatini berdi.

 

Undan tashqari tejamkor svetodiod lampalarning paydo bo’lishi ham juda katta yutuq bo’ldi. Bunday lampalar oddiy lampalarga qaraganda yorug’lik tarqatilishi bo’yicha bir xil bo’lsada, bir necha barobar kam energiya sarflaydi.

 

 

 

 

Maxsus panellar quyosh nurini o’zida yig’ish va uni energiyaga aylantirish bo’yicha baravariga ishlaydi. Bu holatda kerakli miqdordagi energiya yig’ilib kerakli paytda ishlatish

 

Quyosh botishi bilanoq, maxsus datchik ishga tushadi. Rele yonadi va yoritgich o’zidan nur tarata boshlaydi.

 

Odatda, panel ichida bir nechta svetodiodlar bo’lib ularning quvvati 0.06 Vtni tashkil etadi. Bu kerakli maydonni yoritish uchun yetarli bo’ladi.