Quyosh batareyasida ishlaydigan nasoslar

 

Muqobil energiya manbaalari kundan kunga shahar va qishloqda inson hayotida tobora ko’proq qo’llanila boshlamoqda. Quyosh esa, sayyoramizda insonlar uchun hayotning asosiy manbaalaridan biriga aylangan. Tehnologiyalarning rivojlanishi esa, kichik hajmdagi quyosh batareyalaridan kundalik hayotda foydalanish imkoniyatini bermoqda. Shunday tehnologiyalardan biri suv chiqarishda ishlatiladigan nasosdir. Bizning holatimizda esa quyosh batareyasida ishlaydigan nasos haqida gap ketmoqda.

 

 

Ishlash prinsipi

Quyosh energiyasi orqali ishlaydigan nasos boshqa elektr energiyasida ishlaydigan nasoslar bilan deyarli bir hil. Yagona farqi – elektr energiyasi orqali ishlaydigan funksiya o’rniga quyosh energiyasida ishlaydigan funksiyasi borligida. Shu sababdan quyosh batareyasida ishlaydigan nasosning ishlash prinsipi quyosh nurini elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan holda ishlaydi. Ya’ni har hil miqdordagi zaryadlangan qismlardan elektr energiyasini olishida.

Quyosh paneli yoki batareyasi geometrik shaklda korpusga joylanib, bir nechta fotoelementlardan tashkil topadi. Fotoelementlar o’zaro bir-biri bilan bog’langan bo’lib, elektrodga elektrik nasos ulanadi. Fotoelementlar ikki qavatli kremniyadan tayyorlanadi. Tepa qismiga fosfor moddasi qo’shiladi, shu sababli, bu qism qo’shimcha ravishda quyosh nuridan manfiy zaryadlangan energiyani ishlab chiqaradi. Pastki qismga esa bor moddasi qo’shiladi, bu esa musbat zaryadlangan energiyani chiqaradi. Qo’shimcha ravishda paydo bo’lgan 3 qismda esa musbat va manfiy zaryadlarning ortiqcha qismi elektr maydoni, elektr maydoni esa elektr kuchlanishni hosil qiladi. Kuchlanish ulangan holatda esa  zanjir orqali tok o’tadi. Manfiy zaryad tepaga, musbat esa pastga intilib harakatlanadi. 

 

 

 

 

 

 

 

Quyosh nasoslari qayerlarda ishlatiladi?

 

Suv tortadigan nasoslar inson hayotining turli jabhalarida foydalaniladi, suvsiz yaxshi hosil olish ilojsiz, ko’pgina korxonalar uchun suv juda muhim vazifani bajaradi, inson esa suvsiz yashay olmaydi. Quyosh nasoslari, elektr energiyasi muammo bo’lgan joylarda hamda elektr tokini tortib borish qiyin bo’lgan joylarda keng qo’llaniladi. Eng asosiy omil bu nasos o’rnatiladigan joyga quyosh nurining to’g’ridan to’g’ri tushishidir. Mamlakatimizda quyosh nasoslari qishloq ho’jaligi va boshqa sanoat korxonalarida, o’stirishda va suv dekoratsiyasi uchun ishlatiladi va foydalaniladi. Quyosh nasoslari bog’larda, yer sug’orishida keng foydalaniladi