Ishlash prinsipi

 

Butun gelio-sistemada vakuumli kolbalar va yig’uvchi bak – boyler bitta rama(karkas)ga aniq bir burchak ostida o’rnatiladi. Vakuumli kolbalar bakka maxsu rezinali qisgichlar orqali kiritiladi. Suv isishi va ko’chishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Vakuumli kolbalarda suv isib bakka ko’tariladi, sovuq suv esa kolba bo’ylab isish uchun pastga tushadi. 

Butun gelio-sistema bosimsiz ishlaydi, mavjud bo’lgan suv tizimiga ulanish esa teskari klapan orqali amalga oshiriladi. Bu klapan boylerda suv darajasini muayyan holatda ushlab turadi. Suv issiqlik tashuvchi bo’lgani sababli, suv hech qanday nasossiz sirkulyatsiya jarayonidan o’tadi, bunday sistemalar bosimsiz deb ataladi. Ular ishlatish uchun qulay va to’liq mustaqildir. 


 

 

 

 

 Bosimsiz vakuumli quyosh suv isitgichlari (monoblok)ning asosiy xususiyatlari va imkoniyatlari::

-Yil bo’yi yuqori sur’atlarda ishlash, yaxshi suv almashinuvi va uzoq muddat davomida xizmat ko’rsatish.

-Hamyonbop narx

-Ishlash prinsiplari oddiy va qulay*

-Yuqori o’tkazgichli vakuum kolbalarini o’rnatish imkoniyati (istagingizga binoan)

-Zavodimiz ochilganidan buyon biz faqatgina xususiy uylarga emas, balki korxona va tashkilotlarga o’rnatish tajribasiga egamiz.

 

*har qanday sharoitda o’rnatilishidan qat’iy nazar:

1. Bosimli butun sistema (monoblok) va bosimsiz sistema, o’z vaqtida tozalash ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.

2. Kuchli sovuq (-20.C va undan yuqori) sharoitida tunda qulaylik uchun elektrik tenni ulash tavsiya etiladi.

3. Kontroller orqali,  mehanik va to’liq avtomatik ishlash imkoniyati, ayni vaqtda bu havfsiz va ishonchlidir. 

4. Shu bilan birga gibrid tizimda ham (an’anaviy gaz va quyosh suv isitgichlari) sensor o’rnatmalar orqali ishlatish imkoniyati bor.

5. Bakda yig’ilgan suvni, suv ta’minoti uzilgandan keyin(ba’zi hollarda) ham ishlatish imkoniyati.

 

 

 Qo’llanilishi

Butun gelio-sistemadagi issiq suv xususiy uylar, dala hovlilar, kottedjlarda ishlatilishi mumkin. Quyosh kollektorida isitilgan suv:

- Kunlik gigiyenik protseduralarda (dush, yuvinish va boshq.)

- Idish tovoq yuvish, meva va sabzavotlarni chayishda 

- Kiyimlarni yuvishda ishlatilishi mumkin. 

 

 

Butun sistemaning tarkibi


 

Vakuumli trubka quyosh nurini issiqlikka almashinuviga va shu issiqlikni saqlanishiga xizmat qiladi. Paydo bo’lgan issiqlik energiyasi suvga yo’naladi va uni isitadi. Quyosh kollektoridagi har bir vakuumli trubka o’zini yasalishiga binoan termosning shishali kolbasiga o’xshab ketadi. 2 ta shishali trubka bir biriga biriktirilgan. Trubkalar qattiq material bo’lmish borosilikatli shishadan yasalgan bo’lib, do’lning qarshiligiga bemalol chiday oladi. Har bir trubkaning uchi biriktirilgan bo’lib ichidan havo so’rib chiqarilgan. Bu yo’l bilan vakuum hosil bo’ladi va issiqlikning yo’qotilishini oldini oladi. Ichki trubka maxsus qoplama-qora nitritli alyumin bilan qoplangan. Shu sababdan quyosh nurining 90% dan ko’proq qismi energiyaga aylanadi. Vakuumli trubkalar issiqlikni ko’p qismini hatto havo harorati tushib ketganida ham o’zida saqlay oladi va har qanday havo sharoitida ham ishlay oladi. Butun gelio-sistemalar uchun 2 xil trubkalardan birini qo’llash mumkin.

-ichi bo’sh vakuumli trubkalar, bu trubkalar juda effektiv ravishda suvni qizita oladi. Lekin bitta trubka ishdan chiqsa butun kollektor ishlashni to’xtatadi. Sababi suv bakka yig’ilishni to’xtatadi. Lekin bu paydo bo’lishi mumkin bo’lgan kamchilik oson va tezda hal bo’ladi

Issiqlik vakuumli trubkalar, bu trubkalar uchun bakda maxsus bo’shliq qism mavjud. U yerga issiqlik sterjenli trubka o’rnatiladi. Issiqlik sterjenida oson qaynovchi suyuqlik mavjud bo’lib, qizishi natijasida va tabiiy ravishda sterjen uchiga issiqlik chiqib boradi. U kondensatsiya jarayoni yuz berib o’zidagi issiqlikni suvga uzatadi. Bu trubkalarning yutuqlaridan biri bu bitta yoki bir nechta trubka ishdan chiqqan taqdirda kollektor o’z ishini to’xtatmaydi.  

 

 

 

 

Bak-boyler

Bak suv yig’ish va uzatish uchun mo’ljallangan, undan tashqari suv ishlatilmagan taqdirda issiq suvni yuqori darajada saqlab turish uchun qo’llaniladi. Boyler yumaloq shaklga ega bo’lib, 2 qismdan tashkil topgan. Ichki va tashqi qismlari yuqori sifatli material – zanglamaydigan titan aralashmali po’latdan ishlab chiqarilgan. Bu bakning uzoq muddatli xizmatida korroziyaga uchramasligini ta’minlaydi. Qoplamlar orasida issiqlikni izolyatsiya qiluvchi va ekologik toza mahsulot – poliuretan ishlatilgan.

 


 

Elektrik ten.
Ten zahira energiya manbai sifatida o’rnatilgan. Ten yordamidan suvni bulutli kunlarda isitishda foydalanish mumkin. Ten suvni yuqori temperaturada isita olishi mumkin.  

Yordamchi klapan.

Yig’ilib qolgan parni bakdan chiqarib yuborish uchun o’rnatilgan. Agarda suv yuqori haroratda isib ketsa va bosim yuqorilab ketsa juda ham asqotadi. Vazifasi bosimni va suv haroratini pasaytirish uchun qo’llaniladi.

Ajratuvchi bak.

Suvning bakka yo’naltirilishi ajratuvchi bak orqali ham amalga oshirilishi mumkin. U ham tomga o’rnatilib butun sistemadan yuqoriga o’rnatiladi.

*Butun gelio-sistemada mis halqali bak ishlatilishi mumkin. Bu bak suv qizitish maydonini kengaytirish uchun qo’llaniladi. Suv misli halqaga o’tadi va quyosh energiyasi orqali isib chiqadi. Mis halqa issiqlikni tejashga yordam beradi va suvning sifatiga ta’sir qilmaydi.

 

 

 

 

 

 

Karkas

 

Vakuumli trubkalar va boyler uchun o’rnatma, galvanik bo’yalgan po’latdan ishlab chiqarilgan. Karkas tomga 40 yoki 60 gradus burchak ostida o’rnatiladi. Agarda tom qiya bo’lgan taqdirda, karkas ham shunga qarab o’rnatiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qaytaruvchi klapan

 

 

Qaytaruvchi klapan sovuq kirishi va issiq suv chiqishi uchun qo’llaniladi. Klapan bir tomondan bakka ikkinchi tomondan sovuq suv tizimiga ulanadi. Shu sabadan suvning butun gelio-sistemada to’xtovsiz ravishda aylanishini ta’minlab beradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kontroller

Bu mikrokompyuterli panel butun gelio-sistemani boshqarish uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Kontroller sistemani avtomatik ravishda boshqarish(bakni to’ldirish, suvni bir maromda saqlash, haroratni nazorat qilish va boshq.) uchun sozlangan va intellectual ravishda boradi. Kontrollerni qo’lda ham avtomatik ravishda ham boshqarsa bo’ladi. Displeyda bakdagi suv darajasi, suvning harorati va taymerni kiritish mumkin. Controller elektr energiyasi hisobiga ishlaydi