UYINGIZ VA BIZNESINGIZ UCHUN QULAY YECHIM

Zavodimiz Jizzax EIZda joylashgan  

 

Xabar qoldirishi

Tejamkor

issiq suv va isitish tizimidan mutlaqo bepul foydalanish. O’zini tezda oqlash

Foydali

suv isishi yil bo’yi sodir bo’ladi va yil fasllari va boshqa manbalardan mustaqildir(gaz, elektr, ko’mir)

Oddiy va Qulay

tezda o’rnatish va suv manbasiga ulanish. Ekspluatatsiyasi oson.

Mustahkam

Sistemaning 15 yil ishlab berishi. Ishlab chiqaruvchidan texnologiya uchun 3 yillik kafolat

Mahsulot

Yagona Sistema

Yagona Sistema

yagona konstruksiya (passiv sistema) tomga o’rnatiladi va bak – termosga ulanadi unga qo’shib suv isitishda asosiy vazifani o’taydigan vakuumli trubkalar o’rnatiladi. Bakning ichidagi sirkulyatsion jarayon tabiiy ravishda ro’y beradi. Komplekt tarkibiga yuqoridagilardan tashqari rama, mini-kompyuterga o’xshab ishlaydigan controller, qaytargich klapan va elektrik klapan kiradi. Tanlashingiz uchun 2 xil bak taqdim etiladi, oddiy va ilonsimon issiqlik alishinuvchi qo’shilgan. Issiq suv ehtiyojiga qarab sizga bir necha xil baklar taqdim etilishi mumkin. 150l, 200l, 250l, 300l. Yagona sistema asosan uylar va hovlilarda qo’llash uchun ishlab chiqariladi.
Buyurtma
Alohida Sistema

Alohida Sistema

alohida sistema (aktiv) ham tomga o’rnatiladi. Yagona sistemadan farqli o’laroq bu sistemaning baki alohida joylashgan bo’ladi. Bak esa inshootning ichiga joylashtiriladi. Suv isishi antifrizning qizishi hisobiga amalga oshadi, antifriz esa vakuumli trubkalarda joylashgan misli qurilmaning uchi qizishi hisobiga amalga oshadi. Bak termos vazifasini bajargani sababli suvning harorati yuqoriligi saqlanib turadi. Bu sistemada ham baklarimizning hajmi 150l-300lgacha bo’ladi. 300ldan ortiq hajmdagi baklar uchun alohida buyurtma berishingiz kerak bo’ladi. Kompletk ichiga kollektordan tashqari kontrolller, elektrik ten, nasos va boshqa qizitish uskunalari qo’shib beriladi. Sistemaning har bir qismi qulay joyga o’rnatiladi. Alohida sistemani gazli va elektrli uskunalar bilan ham gibrid sistema qilib ishlatish mumkin. Alohida sistemani uy, dala hovli va mehmonxonalar uchun o’rnatsa bo’ladi.
Buyurtma

Prays listni yuklab olish

Prays listni yuklab olish uchun quyidagi formani to’ldiring

Ish uslubimiz

Eng asosiy e’tibor beradigan jihatimiz – bu mijozlar bilan har bir etapda hamfikrlilikdir.
Ishdagi samaradorlik va to’g’ri yechimlar – bizning professionalligimiz poydevoridir.

Konsultatsiya

Sizning so’rovingizga muvofiq biz siz bilan bog’lanamiz. Sizga atroflicha gelio-sisstemalarning ishlashi, ularni o’rnatish tartibi va narxlari haqida bepul konsultatsiya beramiz.

O’lchov jarayoni

Bizning mutaxassislarimiz sizning inshootingizga borishadi va o’lchab sizga aniq hisob kitoblarni taqdim qilishadi. Sizning roziligiz asosida kollektorni qayerga o’rnatish bo’yicha yagona yechimga kelishadi.

O’rnatish jarayoni

Barcha uskunalar manzilingizga yetkazib beriladi. Bizning malakali mutahassislarimiz kollektorlarni kelishilgan joyga o’rnatishadi va sizga qanday qilib kollektor ishini nazorat qilishni tushuntirib berishadi.

Заявка на расчет гелиосистем

Biz haqimizda

  O’zbekiston – Xitoy qo’shma korxonasi hisoblanmish “QUYOSH ISSIQLIK ENERGIYASI” MCHJ 8-iyul 2013-yilda Prezidentimizning 10-noyabr 2011-yildagi 1639-sonli, yuqori tehnologik mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish haqidagi qaroriga muvofiq tashkil topgan.  Korxona quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va o’rnatish bilan shug’ullanadi.  Bosh ofisimiz Toshkentda joylashgan bo’lib, ishlab chiqarish zavodimiz Jizzaxda joylashgan. Bizning mahsulotimizning mamlakatimizda boshqa analoglari yo’q. Quyosh suv isitgichlari yuqori tehnologik standartlar asosida yangi uskunalarda ishlab chiqariladi, yuqori sifat va uzoq yil xizmat – 15 yilni tashkil etadi. Korxonamiz quyosh kollektorlarini hamyonbop narxlarda , hamda ishlab chiqaruvchidan uskuna uchun 3 yillik kafolat va servis xizmatini taklif qiladi.  Zavodning qulay bo’lgan joylashuvi (davlatimiz...
Batafsil

Sertifikatlar

Сертификат
Сертификат 2
Сертификат 3
Сертификат 4

Manzil

O’zbekiston, Toshkent sh.
Yashnobod tumani
S.Mashhadiy ko’chasi, 210.

Zavod Jizzax shaxrida Офис в Ташкенте

Savollaringiz bo’lsa?