Alohida sistema

Har bir quyosh kollektori bu – quyosh texnologiyasini maxsus qismidir. Bu sistema issiq suv ishlab chiqarish uchun foydalanilib keyinchalik boshqa xizmatlar uchun ham ishlatsa bo’ladi. Qayta tiklanuvchi energiya manbaalarining ishlab chiqarish infratuzilmasida qo’llash imkoniyati quyosh kollektorlarining boshqa shunga o’xshash texnologiyalardan asosiy farqi hisoblanadi.

Qo’llash mumkin bo’lgan jabhalar

1.   Uy isitishi tizimida qo’llanilishi

2.   Mavjud uy  isitish tizimiga ulanishi

Uy isitish tizimida kollektorning ishlash prinsipi

Gelio – sistemalarda asosan oddiy suv va antifrizdan foydalaniladi. Agarda, kollektorning yuqori qismiga nisbatan pastki qismida suv iliqroq bo’lsa, isitish yoqiladi. Suv sistema bo’ylab o’rnatilgan nasos tufayli harakatlanadi.  

Bakda suv isishi issiqlik almashinuvchi tufayli yuz beradi, odatda kollektorlar ma’lum bir temperaturagacha isitishadi. Suv yo’nalishi ehtiyojga qarab aralashtirgich (смеситель) orqali almashtiriladi. Shu sababli sovuyotgan suv va issiq suv o’z joylarini almashtirib turishadi. Issiq suvning kengayishi hisobiga sistemada suyuqlik almashinuvi tabiiy sirkulatsion jarayon hisobiga amalga oshadi. Suv qizitilganida tepaga ko’tariladi, sovuq suv esa aksincha. Sistema to’liq ishlashi uchun issiqlik izolyatsion qoplama 25-30 sm qalinlikda bo’lishi kerak. Rezervuarga keladigan bo’lsak, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lgani ma’qul. Bu shartlar bajarilganida suv barcha qismlarga teng miqdorda taqsimlanadi. Shu tariqa sistema salkam to’liq ishlashi mumkin. Quyosh kollektorlarini uy isitishi tizimida qo’llash, agarda kollektorlar to’g’ri o’rnatilsa harajatni 50-90 % ga qisqartirishi mumkin. Bahor-kuz mavsumida sistema o’ta aktiv holatda ishlaydi, baribir bu sistema har qanday ob-havo sharoitida ishlashga mo’ljallangan. Kollektor tanlashda asosiy e’tibor beriladigan parametrlar: gelio-sistema egallaydigan maydon, issiqlik energiyasining hajmi. Agarda sistema qishda ham ishlatiladigan bo’lsa, shunga moslab parametrlar hisobga olinadi. Chunki qish mavsumida uy isitish tizimida ko’proq energiya va harajat talab etiladi. Asosan quyosh kollektorlari qo’shimcha manbaa sifatida qo’llaniladi. Agarda inshootda issiqlik izolyatsiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilga bo’lsa bu gelio – sistemani avtonom ishlatish imkoniyati mavjud. Konveksion oqim hisobiga  suvning tabiiy aylanishi bu gelio – sistemani ishlatish prinsiplaridan biri hisoblanadi. Suvning passiv aylanishi sababli bu yo’l boshqalariga nisbatan kam foyda keltiradi. Qo’shimcha elektrik sirkulyatsion nasoslar majburiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan sistemalarda qo’llaniladi. Bu holatda, kollektorlar o’ta foydali bo’ladi, chunki suv to’g’ri foydalaniladi. Lekin o’z vaqtida servis xizmatini amalga oshirish talabi kuchayadi, chunki barchasi elektr energiyasiga bog’liq bo’lib qoladi.

Kollektorni mavjud uy isitish tizimiga ulash

 

Sistemada qanday sirkulyatsiya qo’llanilishiga qarab, mavjud uy isitish tizimiga ulanish aniqlanadi. Tabiiy sirkulyatsiya bilan ulash – eng oddiy yo’llaridan biri hisoblanadi. Bu holatda suvning isitish tizimining o’zida  qizitilishi asosiy prinsiplardan biri bo’lib qoladi. Shuning uchun bu turdagi sistemalar nasoslardan foydalaniladigan sistemalardan ancha arzon turadi. Avtomatikadan foydalanilgan holda kollektorni majburiy sirkulyatsiyali sistemaga ulash imkoni mavjud. Bu sistemalar alohida yutuqlarga ega: Kontroller maxsus datchiklarga asoslanib nasosni boshqaradi. Bu datchiklar orqali harorat buyurilgan temperaturaga ko’tarilganda isitish to’xtatiladi. Bak, suv qaytish o’rni va kollektor chiqish joylari bunday datchiklar qo’yiladigan asosiy joylar hisoblanadi. Bunday sistemalar bilan birgalikda qo’shimcha issiqlik manbaalrini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, gazli isitish  va yoqilg’ili isitish uskunalaliridir. Bunday hollarda suvning qizishi kollektorning quyoshga nisbatan joylashuviga qarab o’zgarishi mumkin. Eng yaxshisi, kollektorni boshidan kunning asosiy qismida quyosh nurlari to’g’ridan to’gri tushadigan joyga o’rnatishdir. U yoki bu kollektor uchun qancha joy kerakligini hisoblab chiqish bir muncha murakkabdir. Bu holatda nafaqat tomning turi, undan tashqari bakning hajmi va regionda quyoshning radioaktivligini ham hisobga olish talab etiladi. Shuning uchun barchasini tajribali mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda o’rnatish qulay va maqsadga muvofiqdir.